Qaysidir proektida o'ziga yoqgan funksiyani yoki klasni keyingi proektlarida ham ishlatishni boshlaydi. Qaysidir manoda shu dasturchi ozini kichkiiina frameworkini yaratdi desa ham boladi. Shunga ohshash klaslarni, funktsionallarni jamlab, o'zi uchun framework yaratib olish mumkin.
Lekin, bu frameworkning ommaviy frameworklardan farqi, bu frameworkni qanday ishlashini, qanday funktsyialari borligini, qanday plyuslari va qanday minuslari borligini faqat shu frameworkni yaratgan dasturchigina biladi. Va albatta bu frameworkni jamoada ishlatish katta noqulaychiliklar keltirib chiqaradi.
Aynan shuning uchun ham, jamoaviy ishlash uchun ommaviy framework kerak bo'ladi.
Ommaviy frameworklarning afzalliklari:
1. Proektni tez va oson boshlashga yordam beradi.
2. Proektning havfsizligini oshiradi. Xss ataka, sql injection va hokazo muammolarni hal qiladi.
3. Yangi dasturchini proektga integratsiya qilish ancha oson kechadi.
4. Dasturchilarga ayrim cheklovlar qo'yadi va bu narsa proektni "lapshekod" ga aylanib ketmasligiga yordam beradi.
5. Ommaviy frameworklarning katta qismi avtomatik testlardan o'tgan bo'ladi, bundan tashqari minglab real proektlarda qo'llanilib barcha xatolari to'g'rilangan bo'ladi.
6. Katta komyuniti borligi muammolarning tez hal bo'lishiga yordam beradi.
Qisqa qilib aytsak, qaytadan velosiped yaratmasdan, katta proektlarda sinovdan o'tgan ommaviy frameworklarni mukammal o'rgansak ish topish ham, o'zimizning pet-proektlarimizni yaratish ham oson bo'ladi.
Comments
Post a Comment